“Ma’rifat ulashib” tadbiri doirasida taniqli yozuvchi Bobur Bobomurod bilan ma’naviy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ma’naviyat, o‘zlikni anglash, ma’rifat va insoniy qadriyatlar haqida turli mavzularda fikr almashildi.
Uchrashuv davomida Bobur Bobomurod zamonaviy jamiyatda ma’naviy tarbiyaning o‘rni, ilm va axloqiy kamolot o‘rtasidagi bog‘liqlik, shuningdek, ezgulik va bag‘rikenglikni targ‘ib etishda insonning mas’uliyati haqida so‘z yuritdi.
