Toshkent shahridagi INHA universitetida Cambridge University Press & Assessment vakillari bilan talabalar bilimini baholash sohasida hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida asosiy e’tibor Toshkent shahridagi INHA universitetining yangi fakultetlariga talabalarni saralash maqsadida xalqaro kirish testlarini joriy etish, ularni jahon miqyosida tan olingan standartlar va ilg‘or baholash amaliyotlari asosida tashkil etish masalasiga qaratildi. Shuningdek, tomonlar kirish testlarining mumkin bo‘lgan formatlari hamda ushbu baholash yechimlarini universitetda joriy etish bo‘yicha keyingi qadamlar yuzasidan fikr almashdilar.