30-mart kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida «CIO CLUB UZBEKISTAN» bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir IT direktorlar tomonidan to’plangan tajriba va shakllangan g’oyalarni almashish, mahalliy IT sohasidagi mavjud qiyinchiliklarni aniqlash va ularni hal qilish imkonini ko’rsatib beradigan umumiy strategiyani yaratish uchun mo’ljallangan.
“CIO CLUB Uzbekistan”ning bu yilgi yig‘ilishida quyidagi ma’ruzachilar so‘zga chiqadilar:
- CIO Club kengashi raisi Akhadbek Dalimov moderator sifatida kirish so‘zi bilan tadbirni ochib beradi va klub rejalari haqida so’zlab beradi.
- Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov O‘zbekistonning barcha CIO’lari uchun noyob imkoniyat “Strategic Information Technology Leadership Program” haqida so’zlab beradi.
- Yevgeniy Kim, “Cloupard”ning rivojlanish bo‘yicha direktori va Perfect Solutions kompaniyasi bosh direktori Eldar Umerov “1C in the Cloud. Xizmatlar. Platforma. Afzalliklar» haqida so’zlab beradilar.
- Maksim Dunaevskii, Penetratsion test bo’yicha rahbari, C7 Security, axborot xavfsizligi bo’yicha mutaxassis «oq xakerni» qanday to’g’ri topish haqida gapiradi.
- Mont Cloud direktori Rustam Asqarov “Microsoft litsenziyalash dasturlari haqida umumiy ma’lumot: Litsenziyalashning ijobiy va salbiy tomonlari” mavzusida taqdimot o’tkazadi.
Tadbirning hamkori Toshkent shahridagi INHA universitetidir.
IT kompaniyalar rahbarlari va IT mutaxassislar quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’tishlari mumkin: //bit.ly/cioclubuzb2024-1%20
30-mart kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida ko‘rishguncha!