Toshkent shahridagi Inha universitetida “Davlat boshqaruvida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish” nomli qisqa muddatli malaka oshirish kursi bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi Inha universitetida bir necha kun davomida hokimlarning raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchilari boshqaruv jarayonlarida texnologiyalarning amaliy qo‘llanilishini o‘rgandilar.

Mashg‘ulotlarni INHA universiteti professorlari olib bordi, ular sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha nazariy bilim va amaliy tajribalarini ulashdilar.

Ta’kidlash joizki, mazkur kurs zamonaviy raqamli kompetensiyalarni shakllantirish va boshqaruv kadrlarini davlat sektorida sun’iy intellektdan samarali foydalanishga tayyorlashga qaratilgan.