Toshkent shahridagi Inha universitetida EPAM Insider Tashkent konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

22-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida EPAM Insider Tashkent konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vaziri Sherzod Shermatov, IT-Park direktori Farxod Ibragimov, Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov, EPAM dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bo‘yicha direktori Renat Axtyamov, EPAM dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bo‘yicha menejeri Sergey Ageenkolar tabrik so‘zlari bilan chiqishdi.
Ushbu konferensiya global kompaniyaning jarayonlari va loyihalari bilan tanishish, EPAM Forbes Global 2000 roʻyxatidagi yirik jahon brendlari uchun qanday yechimlar ishlab chiqayotganini aniqlash, turli mamlakatlar ekspertlariga savollar berish va xalqaro IT hamjamiyatining bir qismiga aylanish imkonini berdi.
O‘zbekistondagi birinchi EPAM Insider 2019-yilda Toshkent shahridagi Inha universitetida ham bo‘lib o’tgan. 2022-yilda konferentsiya turli mamlakatlardan jamoat vakillarini birlashtirdi, aloqa va global sanoat tendentsiyalarini muhokama qilish uchun platforma yaratdi.
Konferensiya dasturiga FrontSpot, DevOps Minsk, JaCoV, ProNet, Agile Uzbekistan, ProQuality, MJC kabi oltita IT hamjamiyatlari taqdimotlari, sovrinlar oʻyini va boshqa koʻp narsalar kiritilgan.