Toshkent shahridagi Inha universitetida Fido Biznes yetakchi ekspertlarining ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi!

4-oktabr kuni “Fido Biznes” kompaniyasi mutaxassislari Shaxnoza Allayarova va Javoxir Toshpo‘latovlar Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalariga “IT-kompaniyada suhbatdan qanday o‘tish kerak: tayyorgarlik, asosiy savollar va muvaffaqiyatli strategiyalar” mavzusida ma’ruza o‘qishdi.
Talabalar suhbat davomidagi keng tarqalgan xatolar, suhbatlarda ajralib turish va o’zlarining kuchli tomonlarini samarali namoyish qilishni o’rgandilar.
O‘zbekistondagi IT va axborot tizimlari sohasida yetakchilardan biri bo‘lgan “Fido Biznes” kompaniyasining ma’ruzachilari talabalarni sohadan haqiqiy misollar bilan ilhomlantirib, kelajakdagi kasbiy faoliyatiga tayyorgarlik bo‘yicha qimmatli maslahatlar berishdi!
Barcha ishtirokchilar va ma’ruzachilarga qiziqarli va foydali tadbir uchun minnatdorchilik bildiramiz. Umid qilamizki, ma’ruza talabalar uchun professional muvaffaqiyat yo’lida muhim qadam bo’ladi!