12-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Koreyaning yetakchi IT akademiyalaridan biri – Hancom Academy o‘z faoliyatini boshladi.
Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va Hancom akademiyasi direktori Li Sangil hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov birgalikda ramziy qizil lentani kesib, dasturni rasman boshlab berishdi. Ushbu dastur koreys tili va axborot texnologiyalarini o‘rganish bo‘yicha innovatsion markazga aylanadi.
Toshkent shahridagi Inha universitetida akademiyaning ochilishi Koreyaning eng yaxshi professor-o‘qituvchilari rahbarligida koreys tili va axborot texnologiyalarini o‘rganish uchun noyob imkoniyatdir.
🔹 Koreys tili va madaniyati
– Koreyadan yuqori malakali professor-o‘qituvchilar bilan malaka oshirish
– Gibrid format: real vaqt rejimida mentor yordami bilan onlayn darslar
🔹 IT-ta’lim
– Axborot texnologiyalari kurslari
E’tibor bering, ro’yxatdan o’tish allaqachon ochiq, muvaffaqiyatga erishish yo’lingizni kechiktirmang!
🌐 Batafsil ma’lumot veb-saytda:
www.hancomuz.com