2023-yilning 23-iyundan 26-iyuniga qadar Toshkent shahridagi Inha universitetiga ikkinchi kirish imtihonlari bo’lib o’tmoqda.
23 va 24 iyun kunlari “Kompyuter va dasturiy injiniring” fakultetiga (SOCIE) grant asosida o‘qish imkoniyatini beruvchi kirish imtihonlari o‘tkaziladi.
25 va 26 iyun kunlari Biznes va logistika fakultetida grant asosida o‘qish imkoniyatini beruvchi kirish imtihonlari o‘tkaziladi.
Kirish imtihonlari yozma ravishda o’tkaziladi. Imtihon jarayonini ochiq va shaffof o‘tkazish va nazorat qilish maqsadida Janubiy Koreyadagi Inha universiteti professor-o‘qituvchilari Toshkent shahridagi Inha universitetiga yetib kelishdi.
Shuni alohida takidlash joizki, har bir imtihon bo’layotgan xonada jonli efir mavjud, bu abituriyentlarning ota-onalari va barcha xohlovchilarga imtihon jarayonini shaffofligini jonli efir orqali kuzatish imkonini beradi.
