Bugun, 27-aprel kuni «Biznes va logistika» fakultetiga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, 26 aprel kuni «Kompyuter va dasturiy injiniring» fakultetiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Koreyalik INHA universiteti (Janubiy Koreya) professor-o‘qituvchilari imtihon jarayonining ochiqligi va shaffofligini to‘liq nazorat qilishadi.
Eslatib o‘tamiz, har bir imtihon xonasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya bo‘lib o‘tmoqda, bu esa abituriyentlarning ota-onalari va barcha xohlovchilarga jarayonning shaffofligini onlayn kuzatish imkonini beradi.

