Toshkent shahridagi Inha universitetida iqtidorli talabalar tomonidan tashkil etilgan katta musiqa festivali bo‘lib o‘tdi!

🎸 4 soatlik jonli musiqa tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar qoldirib, sahnada yetakchi universitetlarning eng sara musiqa guruhlari jamlandi:

🎼 Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent shahridagi Webster universiteti, Toshkent shahridagi Puchon universiteti, Yangi O’zbekiston universiteti va Toshkent shahridagi Adju Universiteti!

🎤 Festivalning maxsus mehmonlari sifatida ushbu guruhlar bo’ldi:

«Fire Band» olovli ijro va «Kuda propalo solntse» — atmosferali musiqa bilan ijro etishdi.
Biz bilan birga bo‘lib qo‘shiq kuylagan, raqsga tushgan va ushbu musiqiy bayramdan zavqlangan barchaga rahmat!🎶