Toshkent shahridagi Inha universitetida «JobFest 2023» boʻlib oʻtdi

11-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida «JobFest 2023» festivali bo‘lib o‘tdi. «JobFes»t har yili oʻtkaziladigan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi boʻlib, uning asosiy maqsadi Oʻzbekiston va xorijdagi barcha ilgʻor tashkilotlarni, shuningdek, oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari va talabalarini bir joyga jamlashdan iborat.

Tadbirda EPAM, O‘zbektelekom, AKFA group, Huawei, UZINFOCOM, BAT Uzbekistan, Uzum, Beeline, Click, KDP, Cyber park va boshqa ko‘plab tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

«JobFest 2023» bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi doirasida kadrlar bo‘limi mutaxassislari Toshkent shahridagi Inha universiteti ma’muriyati bilan uchrashib, kelgusida hamkorlik qilish va bitiruvchilarni ishga joylashtirish rejalari muhokama qilindi.

Yarmarka yakunida Huawei kompaniyasi Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi Nodira Tillayevani mukovot bilan taqdirladi. Nodira Huawei kompaniyasining “Seeds for the Future” o‘quv dasturining 10 ta global elchilaridan biriga aylandi.

Yarmarkada 500 dan ortiq talabalar va O‘zbekistonning 30 dan ortiq yirik kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.