Toshkent shahridagi Inha universitetida “Kibergigiyena va raqamli xavfsizlik” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar Inha universiteti bitiruvchilari — Offbox Cybersecurity kompaniyasi vakillari tomonidan o‘tkazildi.

Seminar raqamli savodxonlik va kiberxavfsizlik ko‘nikmalari mustahkamlashga qaratilgan bo’lib, ishtirokchilar zamonaviy kiberxavflarni o‘rganib, ularning oldini olish bo‘yicha kundalik ish faoliyatida qo‘llash mumkin bo‘lgan amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi.