Toshkent shahridagi Inha universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmonida belgilangan O‘zbekiston Respublikasida aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatchilikdan samarali himoya qilishga qaratilgan vazifalarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida talabalarga korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida ma’ruza o‘qildi, korrupsiyaga murosasiz bo‘lishning asosiy tamoyillari tushuntirildi, shuningdek, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi va ularning jamiyat hamda yoshlar salomatligiga halokatli ta’siri bilan bog‘liq xavflar yoritildi.
Bunday uchrashuvlar talabalarda yuksak huquqiy madaniyat, fuqarolik mas’uliyati va barqaror qadriyat yo‘nalishlarini shakllantirishga qaratilgan tizimli profilaktika ishlarining muhim qismidir.
