Toshkent shahridagi Inha universitetida Navro‘z bayrami

2026-yil 26-mart kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Navro‘z bayrami ko‘tarinki ruhda nishonlandi. Tadbirda mehmonlar, talabalar va xodimlar ishtirok etishdi.

Toshkent shahridagi Inha universitetida o’ziga xos bayramona tadbir dasturi, bubble futbol, yarmarka, raqslar, qo‘shiqlar va boshqa ko‘plab tadbirlar tayyorlandi.

Shuningdek, mehmonlar uchun milliy taomlar — mazali osh va sumalak tarqatildi.

Bayram quvonch va iliq muhitda o‘tdi, ishtirokchilar esa rang-barang foto zonalarda esdalik suratlar tushishga muvaffaq bo‘lishdi