O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 6-yanvar kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlardagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari va filiallari rahbarlari Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida rektorlar Inha universitetida yaratilgan sharoitlar va yangi tashkil etilgan IT-inkubatsiya markazi faoliyati bilan tanishdilar. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir oliy ta’lim muassasalari rektorlari va filiallari direktorlarida katta qiziqish uyg’otdi. Rektorlar va filiallar direktorlarining Toshkentga tashrifi davom etmoqda.