Tomonlar IT sohasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va O‘zbekiston-Koreya hamkorligini mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar. Vazir sohaning jadal o‘sishini ta’kidladi: O‘zbekistondagi Koreya IT-kompaniyalari soni joriy yil oxirigacha sakkiztadan taxminan o‘ttiztagacha ko‘payadi.
Axborot texnologiyalari va kreativ sanoatni rivojlantirish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan innovatsiyalarni rivojlantirish, iqtidorli mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash va jadal rivojlanayotgan ushbu sohalarda ikki tomonlama sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan yangi tashabbuslarga alohida e’tibor qaratildi.
