Bir necha kun davomida davlat organlarida raqamlashtirishga mas’ul rahbar va mutaxassislar, hokimlar va ularning o‘rinbosarlari SIni boshqaruv jarayonlariga tatbiq etish amaliyotini o‘rganmoqda.
Mashg‘ulotlar sohaning yetakchi ekspertlari rahbarligida ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar va loyiha taqdimotlari shaklida o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar INHA universiteti professorlari tomonidan olib boriladi, ular sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha nazariy bilimlar va amaliy tajribalar bilan o‘rtoqlashadilar.
Kurs zamonaviy raqamli kompetensiyalarni shakllantirish va boshqaruv kadrlarini davlat sektorida sun’iy intellektdan samarali foydalanishga tayyorlashga qaratilgan.
