2025-yil 16-aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Toshkent amaliy fanlar universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi hamkorligida «Raqamli transformatsiya: axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt va iqtisodiyotda yangi davr» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada Turkiya, Germaniya, Belarus, Rossiya, Qirg‘iziston va boshqa mamlakatlardan olim va ekspertlar ishtirok etdi.
Ishtirokchilar raqamli rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlar va ma’ruzalar taqdim etdilar:
• raqamli transformatsiya va IT
• sun’iy intellekt
• kiberxavfsizlik
• raqamli moliya
• ta’lim va iqtisodiyotdagi innovatsiyalar
Konferensiya tajriba, g‘oyalar va hamkorlik istiqbollari almashish uchun platformaga aylandi.
