Rector’s Cup-2025 – bu o‘zingizni ko‘rsatish va sun’iy intellekt, robototexnika va kiberxavfsizlik bo‘yicha ko‘nikmalaringizni oshirish uchun ajoyib imkoniyatdir. Bu, shuningdek, homiylarimizdan qimmatbaho sovg‘alarni yutib olish imkoniyatidir.
1-o‘rin: 30.000.000 so‘m
2-o‘rin: 20.000.000 so‘m
3-o‘rin: Yandex’dan Alisa kolonkalari va Kiberxavfsizlik markazidan merch
🗓 O‘tkazilish sanasi: 2025-yil 19-21-aprel
📍 Manzil: Toshkent shahridagi Inha universiteti
E’tibor bering, 19-aprel kuni ro‘yxatdan o‘tish soat 9:00 da boshlanadi
