24-iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda tizim tashkilotlari ishtirokida “UzQuiz” intellektual musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada 20 dan ortiq jamoa va 130 nafar ishtirokchi o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi.
Musobaqadan maqsad – yoshlar hamda xodimlarning intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish bilan bir qatorda ular o‘rtasida sog‘lom raqobat, do‘stona muhitni yaratishdan iborat.
Musobaqa 8 raunddan iborat bo‘lib, har bir raund turli mavzularga bag‘ishlandi.
O‘yin yakunida g‘olib jamoa a’zolariga esdalik sovg‘alar topshirildi.