24-iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda tizim tashkilotlari ishtirokida “UzQuiz” intellektual musobaqasi o‘tkazildi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi 🔥
Musobaqadan maqsad – yoshlar hamda xodimlarning intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish bilan bir qatorda ular o‘rtasida sog‘lom raqobat, do‘stona muhitni yaratishdan iborat.
Musobaqa 8 raunddan iborat bo‘lib, har bir raund turli mavzularga bag‘ishlandi.
O‘yin yakunida g‘olib jamoa a’zolariga esdalik sovg‘alar topshirildi.