Toshkent shahridagi Inha universitetida «UzQuiz» finali bo‘lib o‘tdi

25-dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Raqamli texnologiyalar vazirligi va unga qarashli tashkilotlar ko‘magida «UzQuiz» intellektual tanlovining final o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning maqsadi – yoshlar va xodimlarning intellektual salohiyatini namoyon qilish, shuningdek, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat va do‘stona muhitni yaratish.
Tanlov turli mavzulardagi savollardan iborat. O‘yin finalida jamoalarga sovrinlar topshirildi🔥🤩