🎓 2026-yil 18-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Bobur Abdullaev Ca’ Foscari University of Venice bilan qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha rasmiy shartnomani imzoladi 🇮🇹
📌 Bu bo‘lajak abituriyentlar uchun nimani anglatadi:
▫️ Ta’lim 3+1 formatida amalga oshiriladi: 3 yil Toshkent shahridagi Inha universitetida va 1 yil Italiyada bepul o’qitiladi.
▫️ Dastur Computer Engineering (Data Science) yakunida talabalar O‘zbekiston va Italiya namunadagi ikki tomonlama diplomga ega bo‘ladilar.
▫️ Dastur chuqurlashtirilgan akademik tayyorgarlik va xalqaro mobillikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Yangi Italya yo‘nalishining ishga tushirilishi Toshkent shahridagi Inha universitetining xalqaro ekotizimini rivojlantirishdagi strategik qadam bo‘lib, talabalar uchun global imkoniyatlarni kengaytiradi.
🔔 Yangiliklarni kuzatib boring — yaqin kunlarda dastur va qabul shartlari haqida batafsil ma’lumot beriladi.
