Toshkent shahridagi Inha universitetida Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami nishonlandi!

6-mart kuni Toshkent shahridagi Inha Universitetida o‘zgacha muhit — hurmatli hamkasblarimiz barcha ayol xodimlarni yaqinlashib kelayotgan Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklashdi. Chin yurakdan aytilgan so‘zlar, ezgu tilaklar, tabassum va albatta, gullar hamda sovg‘alar bu kunni haqiqiy bayramga aylantirdi

Barcha go‘zal ayollarga baxt, farovonlik va barcha orzu-umidlarining ro‘yobga chiqishini tilab qolamiz!