Toshkent shahridagi Inha universitetida «Xavfsiz va sog’lom poytaxt» oyligi doirasida navbatdagi targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB boshlig‘ining HPMB o‘rinbosari, podpolkovnik B.B. Yormatov, Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB ATS JOOB mas’ul xodimlari – kapitan N.A. Adilhanova, katta leytenant J.S. Narzullayev, leytenant A.A. Inamov, Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB VE va YMB inspektori kapitan M.A. Abduganieva, shuningdek, Toshkent shahridagi INHA universiteti profilaktika katta inspektori leytenant A. Xalilkova ishtirok etdi.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan giyohvandlik vositalarining inson salomatligiga salbiy ta’siri, ularning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar va jinoyatlar, shuningdek, yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish choralari haqida batafsil ma’lumot berildi.