🎓 2–3-avgust kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetida Koreya va Buyuk Britaniya dasturlari uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.
2-avgust kuni shartnoma asosida Koreya dasturi bo‘yicha “Kompyuter va dasturiy injiniring” fakultetiga, hamda Buyuk Britaniya dasturi bo‘yicha “IT” yo‘nalishiga kirish imtihonlari o‘tkazildi.
3-avgust kuni esa Koreya dasturi bo‘yicha “Biznes va logistika”, va Buyuk Britaniya dasturi bo‘yicha “Biznes va menejment” yo‘nalishlariga shartnoma asosida kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
Ochiq va shaffof imtihon jarayonini ta’minlash hamda uni nazorat qilish maqsadida Janubiy Koreyadagi INHA universitetining professor-o‘qituvchilari Toshkentdagi Inha universitetiga tashrif buyurishdi.

