6-avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Inhadagi Yandex maktabi bitiruvchilariga kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarni topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Bir necha oy davomida 14-17 yoshli maktab o‘quvchilari Python tilida dasturlash asoslarini o‘rgandilar, asosiy tushunchalar va kutubxonalar bilan tanishdilar, real hayotiy amaliy muammolarni hal qildilar.
Toshkent shahridagi Inha universiteti Yandex ko‘magida amalga oshirilayotgan ushbu muhim ta’lim loyihasining hamkori bo‘lganidan faxrlanadi.
Barcha bitiruvchilarni tabriklaymiz va ularga IT sohasida keyingi ta’lim va kasbiy rivojlanishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
