Besh hafta davomida yetakchi oliygohlardan 300 dan ortiq talaba Yandex Uzbekistan mutaxassislari rahbarligida backend va sun’iy intellekt yo‘nalishlarini o‘rgandi.
Yakuniy kun “Yandex shahar servislarida ML va AI” mavzusiga hamda ishtirokchilar haqiqiy muammolarni hal qilgan AI musobaqasiga bag‘ishlandi.
Eng yaxshi ishtirokchilar Yandex Uzbekistan kompaniyasida amaliyot o‘tash taklifini olishadi.
Inha Universitetining 120 nafar talabasi ushbu dasturda faol qatnashib, yuqori tayyorgarlik darajasini namoyish etganidan faxrlanamiz!
