Toshkent shahridagi Inha universitetiga ikkinchi qabul yakunlandi

2023-yilning 23-iyundan 26-iyuniga qadar Toshkent shahridagi Inha universitetiga ikkinchi kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlash joizki, imtihon jarayoni har yili shaffof va ochiq o’tkaziladi. Imtihon jarayonini ochiq va shaffof o‘tkazish va nazorat qilish maqsadida Janubiy Koreyadagi Inha universiteti professor-o‘qituvchilari Toshkent shahridagi Inha universitetiga yetib kelishdi.
Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz! Natijalar tez orada e’lon qilinadi🍀 Bizni kuzatishda davom eting!