
2022-yil 26-dekabr kuni «FriendAsia» Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori «FriendAsia» vakili Ravshan Abdullayev bilan uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar samarali hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar.
«FriendAsia» universitet talabalari uchun 10 000 dollarlik koreys tilidagi kitoblarni sovg‘a qildi.
Qayd etish joizki, “FriendAsia” kompaniyasi o‘z faoliyatini 1996 yilda kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatishdan boshlagan. Hozirda «FriendAsia» bolalar ta’lim sohasini rivojlantirishda o’z yordamini ko’rsatib kelmoqda va nafaqat Markaziy Osiyo, balki Janubi-Sharqiy va G’arbiy Osiyodagi ta’lim markazlarini qo’llab-quvvatlab ham kelmoqda.
