Toshkent shahridagi Inha universitetiga Universiti Sains Malaysia (USM) talabalari delegatsiyasi tashrif buyurdi

12-avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universitetiga Universiti Sains Malaysia (USM) talabalari delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet vakillari va ko‘ngilli talabalar samimiy kutib olishdi. Dastur IUT haqida taqdimot, kampus bo‘ylab qiziqarli ekskursiya, faol dam olish, shuningdek, o‘z ta’lim tajribalari bilan o‘rtoqlashgan talabalarning ilhomlantiruvchi chiqishlarini o‘z ichiga oldi.