Toshkent shahridagi Inha universitetining 9 nafar vakili «Perspektywy Women in tech Summit 2022» konferensiyasida ishtirok etdi.

2022 yil 7-8 iyun kunlari Polshada butun dunyo muvaffaqiyatli ayollar va qizlarning sammiti boʻlib oʻtdi.
Ushbu tadbirda ishtirok etish uchun O‘zbekistondan jami 15 nafar talaba taklif etildi. Ulardan 9 nafari Toshkent shahridagi Inha universiteti vakillari, jumladan, hozirgi kunda tahsil olayotkan talabalar va bitiruvchilardir.
“Women in Tech Summit” Yevropa loyihasi bolib, dasturchi talabalar va axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassis ayollar uchun yaratilgandir. Ushbu sammit to’rtinchi bor o’tkazilmoqda.
Anjumanda yirik kompaniyalar oz seminarlari, taqdimotlar va mahorat darslari bilan ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida talaba qizlar uchun Karyera yarmarkasi o‘tkazildi, unda yetakchi texnologik kompaniyalar zamonaviy sohalarda bo’sh ish o’rinlari takliflarini taqdim etdilar.
Eng quvonarli va faxrlanarli tomoni shundaki, Google, Meta, Bayer, Natwest, Intel, Nike, Microsoft va boshqa shunga o’xshash yirik kompaniyalar talabalarimizga o’z ish o’rinlarini taklif qilishdi!