Toshkent shahridagi Inha universitetining «Academic Support Club» tomonidan universitetlar tarixida ilk bor abituriyentlar uchun mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsida TShIU abituriyentlari uchun kirish imtihonlari oldidan matematika va fizika fanlaridan mahorat darslari o‘tkazildi. 20 nafar klub vakillari 400 nafar abituriyentlar uchun soat 9:00 dan 17:00 gacha jami 36 ta dars o‘tkazdilar.

Darslar boshlanishidan oldin Toshkent shahridagi Inha universiteti haqida qisqacha taqdimot va savol-javob tashkil etdilar.

Darslar davomida abituriyentlarga imtihon savollari tahlil qilib, shuningdek, abituriyentlarning savollariga javoblar berdilar. Qolaversa, klubning har bir a’zosi Inhadagi talabalik hayoti haqida so’zlab berdilar.

Shuningdek,ushbu mahorat darslari YouTube kanali orqali ham onlayn translyatsiya qilib borildi.

«Academic Support Club»ga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz .

Barchangizga omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!