Toshkent shahridagi Inha universitetining Buyuk Britaniya dasturi 1-bosqich talabasi Shahobiddin Baxriddinov Portugaliyaning Portu shahrida bo‘lib o‘tgan World Youth Forum 2026 xalqaro yoshlar forumida ishtirok etdi.

Shahobiddin forumda dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan ishtirokchilar orasida O‘zbekistondan yagona vakil bo‘ldi. Forum butun dunyodan faol yoshlar, fikr yetakchilari, tadbirkorlar va innovatorlarni birlashtirib, tajriba almashish, global muammolarni muhokama qilish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim platformaga aylandi.

Forumda ishtirok etish unga O‘zbekiston yoshlari tashabbuslarini taqdim etish, yangi xalqaro aloqalar o‘rnatish hamda kelajakni shakllantirayotgan g‘oya va loyihalar bilan tanishish imkonini berdi.

Biz Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari xalqaro maydonlarda faol qatnashib, mamlakatimizni jahon miqyosida munosib namoyon etayotganidan faxrlanamiz.