Toshkent shahridagi Inha universitetining ikki nafar talabalari dunyoning turli mamlakatlaridan yoshlarni jamlagan nufuzli Xalqaro yoshlar matematika musobaqasida (IYMC) sovrinli o‘rinlarni egallashga muvaffaq bo‘ldi.

IYMC – xalqaro matematika musobaqasi bo‘lib, unda talabalar o‘zlarining tahliliy fikrlash va muammolarni yechish ko‘nikmalarini murakkab matematik masalalarga qo‘llashlari kerak. Ushbu musobaqada ishtirokchilar bir necha bosqichlarda bellashadilar, jumladan:
🔽 Saralash bosqichi: 5 ta turli matematik masalalarni yechish.
🔽 Yarim final bosqichi: Haqiqiy matematik tadqiqotlarga asoslangan 8 ta murakkab masalani yechish.
🔽 Yakuniy bosqich: Nazorat ostidagi onlayn imtihon topshirish.

Yakuniy bosqichida Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari onlayn imtihon topshirishdi va faxrli o‘rinlarni egallashdi:
🏆2-o‘rin – Sarvar Bozorov
🏆3-o‘rin – Nurmuhammad Nuriddinov

Ta’sirli tomoni shundaki, bu butun O‘zbekiston bo‘yicha ikkinchi eng yuqori natija hisoblanadi⭐

Biz talabalarimiz bilan faxrlanamiz va ularga yorqin muvaffaqiyatlar tilaymiz!