Toshkent shahridagi Inha universitetining ikki nafar talabasi Xitoy bo’ylab Digital Tour ga yo’l oldilar.

#Huawei Seeds for the Future 2023 dasturining ishtirokchilari boʻlgan Oʻzbekiston talabalari Raqamli texnologiyalar vazirligi koʻmagida Xitoy bo’ylab Digital Tour ga yo’l oldilar.
Tur doirasida IT yo‘nalishi bo‘yicha OTMlarining 12 nafar talabasi Shenchjen va Shanxay shaharlarida bo‘lib, Huawei kompaniyasi ko‘rgazma komplekslarining innovatsion olamiga sho‘ng‘iydilar, soha ekspertlari bilan raqamli taraqqiyot masalalarini muhokama etadilar, #MWCSHanghai tadbirlarida qatanashib, Xitoy madaniyati va an’analari bilan tanishadilar.
O‘zbekistonlik guruh tarkibida Xitoyga TechnoMinds jamoasi – Tech4Good 2023 global final sovrindorlari yo‘l oldilar.
Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Nodira Otabekova va Rustam Mustafoyevlar guruh tarkibidan joy oldilar.
Umumiy hisobda 28 ta mamlakatdan 100 dan ortiq talabalar #ChinaDigitalTour turi ishtirokchilariga aylandilar.