19-avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida 70 nafar talabalar sertifikat bilan taqdirlandilar.
Toshkent shahridagi Inha universiteti Mirzo Ulug’bek tumanidagi yoshlar uchun axborot texnologiyalari, ingliz tili, fizika va matematika bo’yicha bepul kurslar tashkil etdi. Kurslar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi «Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash va bandligiga ko’maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» gi PF-6208-sonli farmoniga asosan tashkil etilgan.
Ushbu kurslar 3 oy mobaynida universitetning malakali o’qituvchilari va talabalari tomonidan olib borildi. Ularga qayd etilgan fanlardan boshlang’ich nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalar berildi.
