Toshkent shahridagi «School 21» ochilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani TShIUda o‘tkazildi

 

30-may kuni Toshkent shahridagi School 21 filiali ochilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani Toshkent shahridagi Inha universitetida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjumanda O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining o‘rinbosari Rustam Karimjonov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi Bobur Rahimov va School 21 boshqaruvchi direktori Zarina Luxmonovalar ishtirok etdilar va muxbirlarning barcha savollariga javob berdilar.

Toshkent shahridagi School 21 – bu respublikadagi ikkinchi kampusdir. O‘tgan yilning dekabr oyidan ushbu loyiha Samarqandda ishga tushirildi va ayni paytda yuqori talabga sazovor bo‘lmoqda. Uning umumiy faoliyati davomida 10,000 dan ortiq aholi asosiy ta’lim uchun ariza topshirgan va IT sohasida o‘zlarini sinab ko‘rishga qaror qilgan.

Matbuot anjumani yakunida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov va Zarina Luxmonova o‘zaro hamkorlikning yo‘nalishlarini muhokama qildilar.