Toshkent xalqaro investitsiya forumi 2023

 

27-28 aprel kunlari Toshkent shahrida Ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TIIF-2023) bo‘lib o‘tmoqda.

Forum O‘zbekistonning jadal rivojlanayotgan bozoriga integratsiyalashuvdan manfaatdor bo‘lgan yirik xorijiy investitsiyalar, moliya-iqtisodiy tashkilotlar va kompaniyalar rahbarlarini jalb etishga qaratilgan.

Mazkur forum doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov “Ta’lim – investitsiya yo’nalishi sifatida” mavzusidagi biznes nonushta va “Aqlli investitsiyalar: iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash” mavzusiga bag’ishlangan panel sessiyasida ishtirok etdi. M.Djalalov o‘z ma’ruzalarida mamlakatimizda oliy ta’limning ahamiyati va jadal rivojlanayotgan IT sohasi, yoshlar uchun haqiqatan ham keng imkoniyatlar yaratilayotgani, ular yordamida ular o‘zlarida katta salohiyatni kashf etishlari mumkinligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu forum ikkinchi bor o‘tkazilmoqda. Joriy yilda forum ishtirokchilari soni yanada ko‘paydi, yalpi majlislar, ekspertlarning 30 dan ortiq munozarali uchrashuvlari, jumladan panel sessiyalari, davra suhbatlari va B2B muzokaralari O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyoning sarmoyaviy salohiyatini ochishga qaratilgan.