2024-yil 8-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti tashkil etilganining 10 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu muhim voqea elchilarni, vazirliklar, idoralar vakillari, xalqaro hamkorlar va universitet bitiruvchilarini Toshkent shahridagi Inha universitetining O‘zbekistondagi yetakchi IT ta’lim muassasalaridan biriga aylantirgan yutuqlarining o‘n yilligini nishonlash uchun birlashtirdi.
Tantanali tadbir o‘tgan yillar davomida qanchalar uzoq yo‘l bosib o‘tganini yaqqol namoyon etgan universitet taraqqiyoti haqidagi tarixiy videorolik bilan boshlandi. Dasturda madaniyatlarning o‘ziga xos bog‘liqligi va O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlik asosi bo‘lgan sheriklik ramzi bo‘lgan raqslar ham o‘rin oldi.
Tabrik so‘zlari bilan quyidagilar chiqdilar:
– Sherzod Shermatov, O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri;
– Cho Myeong Woo, Koreya Respublikasidagi Inha universiteti prezidenti;
– Won Do Yeon, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi;
– Lee Hwa Seok, INHA universiteti ijrochi direktori;
– Muzaffar Djalalov, Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori.
Har bir so‘zga chiqqanlar Toshkent shahridagi Inha universitetining O‘zbekiston va jahon iqtisodiyoti uchun yuqori malakali IT-mutaxassislarni tayyorlashda muhim o‘rin tutadigan ta’lim va ilmiy markaz sifatidagi ahamiyatini ta’kidladilar.
Undan so’ng universitetni muvaffaqiyatli bitirgan talabalar – Azizakhon Ortikkhujaeva, Aslkhon Khoshimkhujaev, Rahima Nugmanova va Muhammadsaid Mamasaidovlar so’zga chiqdilar. Ular o‘zlarining muvaffaqiyat hikoyalari bilan o‘rtoqlashdilar, hozirgi talabalarni ilhomlantirib, Toshkent shahridagi Inha universitetida olingan bilimlar ulkan imkoniyatlar va yutuqlar olamiga eshik ochayotganini ko‘rsatdilar. Shuningdek, xorijda xalqaro kompaniyalarda ishlayotgan bitiruvchilar: Nuriddin Iminoxunov, Darkhonbek Mamataliyev, Dilmurod Yangiboev va Rustam Zokirovlarning tabriklari aks etgan videorolik orqali dunyoning turli burchaklaridan o‘zlarining iliq tilaklarini yetkazdilar.
Ushbu 10 yil davomida Toshkent shahridagi Inha universitetini jahon IT hamjamiyatining bir qismiga aylangan 1900 dan ortiq mutaxassislar tamomladi. E’tiborlisi, ularning 85 foizdan ortig‘i O‘zbekistonda ishlash uchun qolib, mamlakatning raqamli transformatsiyasi va axborot texnologiyalarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shmoqda. Qolganlari esa Google, Microsoft va Amazon kabi yirik xalqaro kompaniyalarda o‘z faoliyatini davom ettirib, universitetimiz va uning qadriyatlarini jahon miqyosida namoyon etishmoqda.
Ushbu yubiley o’qituvchilar, talabalar, bitiruvchilar, hamkorlar va shu yillar davomida universitet rivojlanishini qo’llab-quvvatlagan barchaning birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasini anglatadi. Toshkent shahridagi Inha universiteti IT sohasining muhim qismiga aylanganidan faxrlanadi va g‘oyalar tug‘iladigan va kelajak yetakchilari shakllanadigan maskan sifatida oldinga intiladi.
10 yil davomida bizni qo’llab-quvvatlagan barchaga rahmat. Oldinda bizni yangi yutuqlar va katta muvaffaqiyatlar kutmoqda!.