Toshkent shahridagi Inha universiteti 22-26 may kunlari Niderlandiyaning Rotterdam shahrida bo‘lib o‘tayotgan RIPE86 uchrashuvda ishtirok etmoqda.
Ushbu tadbir barcha telekommunikatsiya kompaniyalari, Internet-provayderlar, tarmoq operatorlari va boshqa IT tashkilotlarini birlashtiruvchi besh kunlik tadbirdir.
RIPE NCC Internet-resurslarni tarqatish, shuningdek, Internetning global ishlashini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlarni ro’yxatdan o’tkazish va muvofiqlashtirish uchun mas’ul bo’lgan beshta Mintaqaviy Internet Registratorlaridan biridir.
Ushbu uchrashuvda ishtirok etishimizdan asosiy maqsad – tajriba almashish, yangi bilimlarni egallash va professional aloqalarni kengaytirishdir. Biz texnologik tendentsiyalardan oldinda bo’lishga va ta’lim dasturlarimiz va loyihalarimizda innovatsiyalarga intilamiz. Ushbu tadbir tarmoq texnologiyalari, tarmoqlarni boshqarish, kiberxavfsizlik va internetni rivojlantirishning ilg‘or tajribalari bo‘yicha bilimlarimizni oshirish imkonini beradi.
