Toshkentdagi Inha universiteti talabalari ta’lim sohasida sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha hamkorlik loyihasida ishtirok etmoqdalar

 

2024-yil, 11-15-noyabr kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetida Myunster universiteti (Germaniya) va «AI Future Hub» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Tashrif Toshkent shahridagi Inha universitetining 3 nafar va Myunster universitetining 4 nafar talabasi ishtirok etayotgan SUNRISE Project qo‘shma tashabbusining bir qismi bo‘ldi.

SUNRISE loyihasi akademik muassasalar va sanoat o‘rtasida sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Loyiha talabalarni sun’iy intellekt sohasida ishlashga tayyorlash, shuningdek, texnologiyalarning kelajagiga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan innovatsion yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan.

Ushbu bosqichda SUNRISE loyihasi ishtirokchilari talabalar va o‘qituvchilar orasida sun’iy intellektni qanday idrok etilishini o‘rganish maqsadida taqdimotlar, suhbatlar va seminarlar o‘tkazdilar. Shuningdek, ilmiy tashkilotlar va kompaniyalar bilan tanishuv uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tdi. Loyihani amalga oshirishning keyingi bosqichi 2025-yil, yanvar oyida Germaniyaning Myunster shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Toshkent shahridagi Inha universiteti ta’lim muassasalari va sanoat hamkorlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini samimiy tilaydi.