2021-yil 21-dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi Doston Mardiyev «Startup Initiatives» tanlovida birinchi o‘rinni egalladi. D.Mardiyev tomonidan taklif etilgan “Wireline” loyihasi tanlovda ishtirok etgan 905 ta loyihadan biri bo‘ldi. Raqobat kuchliligiga qaramay, “Wireline” loyihasi eng yaxshi 40 ta loyiha qatoridan joy oldi va 50 million so‘m miqdoridagi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Doston Mardiyevni tabriklaymiz va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
