TShIU bitiruvchisi talabalar uchun onlayn vebinar o’tkazdi

2023-yil 12-yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha universitetining 2019-yil bitiruvchisi Muxayyo Toshpo‘latova bilan “Ijobiy va samarali dasturchilar tajribasini yaratish (DevEx)” mavzusida onlayn vebinar bo‘lib o‘tdi.
Muxayyo Fransiya va Irlandiyada stipendiyali magistr darajasiga ega, Dublindagi Amazon ofisida dasturiy ta’minot muhandisi sifatida amaliyot o‘tagan va Workday Dublin’da dasturiy ta’minot muhandisi bo‘lib ishlaydi.
U o‘z ma’ruzasida korxonada dasturiy ta’minot qanday ishlab chiqilishini haqida so’zlab, shuningdek, DevEx dasturchilar qulay ishlashi uchun muhit yaratishga qanday yordam berishi haqida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.