TshIU delegatsiyasi “CyberGym Control Ltd” ofisiga tashrif buyurdi

27-iyun kuni Isroilda xizmat safarida bo‘lgan Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov boshchiligidagi delegatsiya Hadera shahridagi “CyberGym Control Ltd” kompaniyasi ofisiga tashrif buyurdi.
CyberGym – Isroil elektr kompaniyasida joylashgan kiberxavfsizlik provayderi.
Uchrashuv davomida TshIU delegatsiyasi kompaniya ofisidagi o‘quv kurslarining jihozlari bilan tanishdi.
Tomonlar Inha universiteti talabalari uchun “Yozgi lager dasturi” rejalarini, universitet hududida “Arena Training Laboratory”ni ochishni muhokama qildi, shuningdek, dasturiy ta’minot va kiberxavfsizlik bo‘yicha kurslar tashkil etish masalalarini muhokama qildi.