TShIU delegatsiyasi Seoul Digital Universitetiga tashrif buyurdi

2022-yilning 14-noyabr kuni Koreyaga tashrifi doirasida TShIU rektori Muzaffar Djalalov boshchiligidagi delegatsiyasi Seul shahridagi “Seoul Digital University”ga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda onlayn ta’limni joriy etish va kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
“Seoul Digital University” Koreyaning birinchi ochilgan kiber universiteti bo’lib, 20 yildan ortiq onlayn ta’lim berish tajribasiga egadir. Hozirgi kunga kelib 10 000dan ortiq talabalari nafaqat Koreyadan balkim butun dunyodan masofaviy tahsil olib kelishmoqda.