27-iyun kuni “Cyberweek 2023” doirasida TshIU delegatsiyasining Synopsys Inc. bilan yana bir muhim uchrashuvi bo’lib o’tdi.
TDIU delegatsiyasi “Synopsys Inc.” kompaniyasi Isroil filiali rahbariyati bilan uchrashdi. Ushbu kompaniya bir necha o’quv kurslarni tashkil etgan “Isroil Hub” innovatsiyalar va injiniring markazi hisoblanadi.
Uchrashuvda Inha universiteti uchun maxsus dasturlar tayyorlash, ya’ni o‘quv-uslubiy materiallarni va “SARA” akademik dasturini tashkil etish, shuningdek, talabalar uchun “Yozgi oromgoh dasturlari” va xakatonlar tashkil etishga kelishildi.
