2022-yilning 12-noyabr kuni Koreyaga tashrif doirasida TShIU rektori Muzaffar Djalalov boshchiligidagi delegatsiya Seul shahrida “Joysglobal” kompaniyasi asoschisi Yoon Jeong Choi xonim bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvda talabalarni ishga joylash, amaliyot o’tash va startaplarni qo’llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, kelajakda TShIU bilan hamkorlikda Toshkent shahrida Joysglobal kompaniyasining vakolatxonasi ochilishi rejalashtirilmoqda.
Shuni alohida takidlash joizki, Yoon Jeong Choi xonim so’zlariga ko’ra hozirgi kunga qadar Joysglobal kompaniyasida 30dan ortiq dasturchilar faoliyat yuritayotkan bo’lsa ulardan 10tasi O’zbekistonlik ekanligi va ularning malakasi boshqalarga nisbatan yuqori ekanligini ham ta’kidlab o’tdi.
