2022-yilning 10-noyabr kuni Koreyada xizmat safarida bo‘lgan Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov boshlichiligidagi delegatsiya KOPTI ilmiy-tadqiqot institutiga (Korea Photonics Technology Institute) tashrif buyurdi. Tashrif davomida M.Djalalov mazkur tashkilotning ikkita laboratoriyasi – optik tola texnologiyalari laboratoriyasi va lazer texnologiyalari laboratoriyasida bo‘ldi. Shuningdek, tashrif davomida TShIU rektori KOPTI rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollari va yo‘nalishlarini muhokama qildi.
Ta’kidlash joizki, KOPTI fotonika texnologiyasiga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot instituti bo’lib, kichik va o’rta korxonalar uchun tadqiqot va ishlanmalarni qo’llab-quvvatlash orqali fotonika bozori va texnologiyasida yetakchi bo’lib kelgan. Ushbu institut eng so’nggi zamonaviy laboratoriya uskuna va texnologiyalar bilan tashkil etilgan bo’lib, fundamental, strategik va amaliy ishlarda mukammallik an’analariga ega bo’lgan institutlardan hisoblanadi.
