TShIU “Edufest 2023”da ishtirok etdi

10-iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti vakillari O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park hamkorligida tashkil etilgan “Edufest 2023” universitetlar ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
Ko‘rgazmada mamlakatimizning IT yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari ishtirok etib, abituriyentlar uchun taqdimotlar o‘tkazdilar.
Mazkur tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarni berib, Toshkent shahridagi Inha universitetidagi ta’lim tizimi, qabul jarayonlari va talabalar hayoti haqida ma’lumotlarga ega bo’ldilar.